Oltin Qanot Logo

Global Debate 2026

Har oyning 2-haftasi (Shanba-Yakshanba)

Yoshlar ovozini butun dunyoga yetkazuvchi eng nufuzli onlayn debat turniriga xush kelibsiz. Tahliliy fikrlash, global muammolarga yechim izlash va xalqaro aloqalarni o'rnatish maydoni.

Asosiy Ma'lumotlar

Zoom Platformasi

Turnir to'liq onlayn tarzda olib boriladi. Hakamlar va ishtirokchilar qulay ulanish imkoniyatiga ega.

9 Davlat Ishtiroki

O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Janubiy Koreya, Rossiya, Jazoir, Shveytsariya, AQSh yoshlari o'zaro bellashadi.

Ishtirokchi Davlatlar Vaqillari
Country 1
Country 2
Country 3
Country 4
Country 5
Country 6

Oltin Qanot Tashkiloti

"Oltin Qanot" yoshlar ko'ngilli tashkiloti jamiyatimizning eng muhim qatlamlariga yordam berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Biz asosan 3 ta katta yo'nalishda faoliyat olib boramiz:

Eco Direction Eco

Ekologiya Yo'nalishi

Hasharlar tashkil etish, daraxt ko'chatlari o'tqazish, shahar va tumanlarni tozalash aksiyalari orqali ona tabiatimizni asrab-avaylash loyihalari.

Elderly Care Care

Qariyalarga Yordam

Yolg'iz yashovchi keksalar va qariyalar uylariga tashrif buyurish, ularga ro'zg'or ishlarida ko'maklashish va ma'naviy dalda berish.

Disabled Support Support

Nogironlarga Yordam

Imkoniyati cheklangan fuqarolarni moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ular ishtirokida maxsus tadbirlar tashkil etish.

Ko'p Beriladigan Savollar

Turnirda qatnashish uchun 12 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan barcha maktab o'quvchilari, talabalar va mustaqil izlanuvchilar qatnashishlari mumkin. Hech qanday soha bo'yicha cheklov yo'q.

Debat turniri har oyning ikkinchi haftasi (shanba-yakshanba kunlari) tashkil etiladi. Tadbir to'liq masofaviy formatda (onlayn) Zoom platformasi orqali amalga oshiriladi.

Asosiy sahifadagi "Ro'yxatdan o'tish" tugmasini bosib Telegram tarmog'idagi mas'ul shaxsga (@asadbek_private1) yozasiz. Sizga ro'yxatdan o'tish anketasi va barcha yo'riqnomalar yuboriladi.

Turnir onlayn bo'lganligi sababli transport yoki turar-joy xarajatlari talab etilmaydi. Tadbirda ishtirok etish mutlaqo bepul. Faqat barqaror internet aloqasi zarur xolos.

Albatta! Biz nodavlat tashkilotlar, o'quv markazlari va homiylar bilan hamkorlikka ochiqmiz. Hamkorlik masalalari bo'yicha tashkiliy qo'mitaga Telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin.